O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Munosib mehnat faoliyatini ta'minlash bo‘yicha butunjahon kuni

2018-10-09 | Jamiyat

2018-yil 7-oktabr butun dunyoda munosib mehnat faoliyatini ta'minlash kuni sifatida nishonlanadi. 

Salkam 20 yil avval Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Munosib mehnat konsepsiyasini qabul qilgan bo‘lib, mazkur hujjat:

- ish o‘rinlarini yaratish va samarali bandlikni ta'minlash;

- xavfsiz sharoitlardagi mehnat va faol, maqsadli ijtimoiy himoya;

- mehnat kafolati va huquqlarini ta'minlash, mehnat qonunchiligini rivojlantirish va takomillashtirish;

- mehnat munosabatlari ishtirokchilarining ijtimoiy muloqoti va ijtimoiy hamkorligi singari 4 ta strategik vazifani o‘z ichiga olgan.

8-oktabr kuni Toshkentda ushbu masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir Sh.Kudbiyev XMT mas'ul xodimlari – Kari Tapiola, Anton Xauzen, Oksana Lipkanu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda munosib mehnat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi dasturini amalga oshirish jarayonlariga, O‘zbekistonning XMT bilan konstruktiv, shu jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha hamkorligiga e'tibor qaratildi. O‘zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan munosib mehnat konsepsiyasi doirasida bolalar va ayollar mehnat huquqlarini ta'minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rilayotgani ta'kidlandi.

Joriy yilning dekabr oyida XMT Bosh direktori Gay Rayder ishtirokida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida munosib bandlikni ta'minlash: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” Xalqaro konferensiya masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari aholi bandligi, munosib mehnati va ijtimoiy himoyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning jadal sur'atda olib borilayotganini qayd etishdi. Xususan, inson kapitalini rivojlantirishga asoslangan innavatsion rivojlanish strategiyasi, 2018-yilgi paxta hosilini terib olish mavsumi davomida majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining XMT xalqaro ekspertlari va huquq himoyachilari ishtirokida monitoringi qabul qilinganiga alohida urg‘u berildi.  

Поделиться