O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyatida “Obod qishloq” dasturi ijrosi va tomorqadan samarali foydalanishning aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni

2018-05-07 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni va ”Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining 9 ta tumanida 13 ta hudud ushbu dasturga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 122-ich-sonli buyrug‘ini ijrosi yuzasidan joylardagi tizim mutaxassislari tomondan joylarga borib o‘rganib tahlil qilindi. Yuqoridagi hududlarga jamoat ishlari tashkil etgan korxonalarning umumiy soni 80 tani tashkil etadi. 

Jumladan Xatirchi tumanida joylashgan Xo‘jaqo‘rg‘on qishlog‘idagi dasturga kiritilgan hududda jamoat ishlarini tashkil etgan 60 ta korxonalarga 155 nafar ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan. 

Dasturni amalga oshirish jarayonida 540 nafar yoshlar va 452 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi  Aholida mavjud tomorqalaridan samarali foydalanish va kichik issiqxonalar qurilishiga ko‘mak berish maqsadida fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratildi. 

Qiziltepa tumanidagi Malikobod qishlog‘idagi dasturga kiritilgan hududda 388 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning 34 nafari kasbga qayta o‘qitildi, 20 ta xonadonga tomorqadan samarali foydalanishga ko‘mak berildi. 

Karmana tumanidagi Toshrabot hududidagi 60 ta xonadonga, Xatirchi tumanidagi Xo‘jaqo‘rg‘on hududidagi 92 ta xonadonga tomorqadan samarali foydalanishga hamda kichik issiqxonalar qurilishiga imtiyozli kreditlar berildi.

Dasturga kiritilgan hududlarda shu kunga qadar umumiy hisobda 26 ta kichik savdo majmualari, 26 ta xizmat ko‘rsatish majmualari faoliyatini boshladi. 

Поделиться