O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi bandligini taʼminlashning samarador mexanizmi

2018-11-20 | Jamiyat

Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan joriy yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan Oʻzbekistonda aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi uchun 2018-yilda respublika byudjetiga qoʻshimcha tushumlar hisobiga 150 mlrd. soʻm ajratilishi, 2019-yildan boshlab esa byudjet parametrlarida 300 mlrd. soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi nazarda tutildi.

Shuningdek, ushbu qarorga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari tashkil etildi.

Hududiy jamgʻarmalar qishloq joylarda doimiy ish oʻrinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish asosiy vazifa etib belgilandi.

Mazkur jamgʻarmalar daromad qismi boʻyicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etildi, boʻshab qolgan mablagʻlar hududiy jamgʻarmalarning asosiy vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilishi belgilandi.

Shu bilan birga, qaror bilan tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyozlar koʻzda tutildi. Xususan,

qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan koʻp boʻlgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar boʻyicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023-yil 1-iyulgacha barcha turdagi soliqlar toʻlashdan ozod etildi;

yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etildi;

yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyektlari 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli ekanligi belgilab qoʻyildi; 

birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etiladi;

yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk koʻtaruvchi avtomobil transportida yuklarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridagi stavka boʻyicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qatʼiy belgilangan soliq toʻlashi koʻzda tutildi.

Bundan tashqari, qaror bilan 2018-yil 1-avgustdan boshlab bir martalik subsidiyalar berilishini nazarda tutadigan ishsizlik boʻyicha sugʻurtalash tizimi joriy etildi, unga koʻra:

aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun xarajatlarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida toʻlanadi;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub shaxslarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni zaxiralangan (kvotalangan) eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir qabul qilingan xodim uchun har oyda eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida toʻlanadi;

ish beruvchilarga – aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub xodimlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga qayta oʻqitish va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishga har bir xodim uchun eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida toʻlanadi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur qarorning qabul qilinishi aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirishga sharoit yaratadi, shuningdek, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini taʼminlashga, aholi bandligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Поделиться