O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018-07-19 | Jamiyat

Uchrashuvda mehnat stajirovkasini tashkillashtirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, Farg‘ona shahrida tibbiyot sohasi va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bo‘yicha Yaponiyaga ishga yuboriladigan mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv markazini tashkil etish va shu orqali kunchiqar mamlakatga malakali ishchilarni yuborish masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya delegati tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish uchun taxminan 100 ming AQSH dollari hajmida sarmoya kiritilishi va yangi tashkil etiladigan o‘quv markazidan dastlabki tajriba amaliyoti sifatida 100 nafar fuqaro Yaponiyaga ishlashga yuborilishi ta’kidlab o‘tildi.

O‘z navbatida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov taklif etilgan istiqbolli hamkorlik rejalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, kelgusida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy va O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bu kabi o‘quv markazlarini tashkillashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha taklif etilgan loyihalarni amalga oshirish tartiblari kelishib olindi.

Поделиться