O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“SARDOBA TEX” MChJ 100 dan ortiq xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minladi
2018-07-12 | Jamiyat
2018 yilning 1 yarim yilligida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Farg‘ona ShFYda “SARDOBA TEX” MChJ ishga tushdi. “SARDOBA TEX” MChJda har xil turdagi trikataj maxsulotlari jumladan futbolka, mayka hamda paxta termi uchun fartuklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Loyihaning umumiy qiymati 1,100 mln, o‘z mablag‘i 800 mln sum, bank kriditi 300 mln so‘m. So‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishchi-xizmatchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozorda sotish hamda chet davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan. Ushbu eksportdan 2018 yil davomida 750 ming AKSh dollari kelib tushishi rejalashtirilgan.
MChJ ishga tushishi bilan 84 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda “SARDOBA TEX” MChJda jami 79 nafar xotin-qizlar va 50 nafardan ko‘proq yoshlar ish bilan ta’minlangan.