O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ayollar bandligi ta’minlanmoqda

2018-06-25 | Jamiyat

Joriy yilning 5 oyi davomida mamlakatimizda 131 ming nafardan ortiq xotin-qizning bandligi ta’minlandi. 

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli sohalarda bilim va salohiyatlarini namoyon etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ayollar bandligini ta’minlash Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor vazifasi bo‘lib kelmoqda.
 
Mazkur Qo‘mita tomonidan ishsiz xotin-qizlar soni aniqlanib, ular 168 ming 634 nafarni tashkil etgan edi. Ishsiz xotin-qizlardan bandlik markazlarida 45 ming 892 nafari hisobda tursa, xonadonma-xonadon yurilib, 126 ming 231 nafari ro‘yxatga olindi. Joylarda korxona, tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga 29 ming 785 nafar, kichik korxonalarga 8 ming 679 nafar, kasanachilik sohasiga 3 ming 466 nafar, oilaviy tadbirkorlik sohasiga 8 ming 967 nafar, ipak qurtini parvarishlash sohasiga 62 ming 335 nafar va boshqa yo‘nalishlarga 18 ming 623 nafar xotin-qiz ishga joylashtirildi. 
 
Bundan tashqari xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni kasbga qayta tayyorlash borasida ham aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Поделиться