O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Majburiy mehnatni tugatishga bag‘ishlandi

2018-12-06 | Siyosat

2018 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamda Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasining Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli hamda “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-sonli konventsiyalarining ijro etilishi holatini o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda ta’kidlanganidek, majburiy mehnatga barham berish, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashda  sohaga doir qonunchilik asoslarini mustahkamlash alohida o‘rin tutadi. Shu maqsadda 2018 yil 10 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, u davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining bu boradagi mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

Shuningdek, majburiy mehnatning har qanday shakllarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berish maqsadida davlat organlarida qayta aloqa mexanizmlarining zamonaviy usullari joriy etilgan. Natijada sohada olib borilayotgan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar qator xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib e’tirof etildi. Jumladan, AQSh Mehnat vazirligining bolalar mehnatidan foydalanishning eng yomon shakli bo‘yicha xulosalar jamlangan 17-yillik hisobotida O‘zbekiston birinchi marta mo‘’tadil o‘sishga erishgan mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi, O‘zbekiston paxtasi esa “Bolalar mehnati yoxud majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxati”dan chiqarildi.

Agar ilgari paxta yig‘im terimi majburiy mehnatdan foydalanishning turli shakllari namoyon bo‘ladigan jarayon sifatida qayd etilgan bo‘lsa, endilikda, aksincha, bu mavsum fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning mehnat huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ishga layoqatli aholining bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirishning manbaiga aylanmoqda. Xususan, bu borada joylarda terimchilarning moddiy manfaatdorligini ta’minlash hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash choralari ko‘rilgan. Paxta xom ashyosining qo‘lda terilgan bir kilogrammi uchun 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha, ish kuchi yetishmaydigan hududlarda, xususan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida 1300 so‘mgacha mehnat haqi to‘langan. 

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan paxta yig‘im-terimida uyushmagan yoshlarni vaqtinchalik mehnat bilan band qilish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 190 ta “Fidoyi yoshlar otryadi” tashkil etilib, 32568 nafar terimchi jalb qilingan. Mavsumiy ishlarga jalb etilgan 28552 nafar  yigit-qizning vaqtinchalik faoliyati mehnat staji sifatida inobatga olinib, huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.

Sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida   huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan mansab lavozimidan qat’i nazar qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi. Xususan, 169 nafar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kompleksi bo‘yicha sektor rahbari (tuman va shahar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari) intizomiy javobgarlikka tortilgan, ularning 30 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Majlis ishtirokchilari tomonidan majburiy mehnatning har qanday shakllaridan foydalanishning oldini olish uchun joylarda yo‘lga qo‘yilayotgan monitoring va qayta aloqa mexanizmlari, jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Majlisda muhokama qilingan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamda Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasining qo‘shma qarori qabul qilindi.

Поделиться