O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ItConf.ASIA xalqaro forumi oʻtkazildi

2019-11-18 | Innovatsiya

16-noyabrda poytaxtimizning Yoshlar ijod saroyida ItConf.ASIA xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 15 mamlakatdan kelgan 25 nafardan ortiq spikerlar hamda 2000 nafardan ziyod mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar. Axborot texnologiyalariga bagʻishlangan Forum doirasida mahalliy va xorijiy spikerlarning taqdimotlari, koʻrgazma zali, axborot berish hududi tashkil etildi.

Forumni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Saʼdullayev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev ochib berdi.

Shundan soʻng forum doirasida tashkil etilgan taqdimotda spikerlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Dastlab soʻzga chiqqan Innovatsion rivojlanish vazirligi Taʼlim va sogʻliqni saqlashga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi boshligʻi Baxtinur Xudanov yurtimizda yaratilayotgan AT sohasidagi innovatsion ishlanmalar va loyihalar, yaratilayotgan innovatsiyalar hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qozogʻiston, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSH kabi mamlakatlardan taklif etilgan spikerlar blokcheyn, aqlli shahar, sunʼiy intellekt, marketing, investitsiyalar, axborot texnologiyalar yoʻnalishidagi raqamli taʼlim kabi mavzularda chiqishlar qildilar.

Forumning maqsadi – AT sohasining xalqaro miqyosdagi professionallari bilan jonli muloqotni tashkil etish boʻlib, auditoriyaga blokcheyn sohasining taraqqiyot prognozlarini qurish, loyihalarini rivojlantirish uchun fikrlarni shakllantirish imkonini beradi. Asosiy eʼtibor investitsiyalar, AT sohasida raqamli taʼlim masalalariga hamda joriy texnologik loyihalarning keyslariga qaratildi.

Forum ishini kuzatgan investorlar, rahbarlar, tadbirkorlar, shuningdek, davlat tashkilotlari xizmatchilari jahondagi va Osiyo davlatlaridagi texnologiyalar rivoji, texnologik zanjirlarni qoʻllash va sanoatni raqamlashtirishning huquqiy jihatlari, zamonaviy taʼlimning oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Bundan tashqari, kriptovalyuta birjalari, investitsion portfelni shakllantirish, investorlarni qiziqtiradigan loyihalarning alohida jihatlari toʻgʻrisida qizgʻin muhokamalar olib borildi.

Поделиться