O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
2019-11-13 | Texnologiyalar
2019-yil 13-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Vazir axborot texnologiyalari sohasida oʻzbek-koreys hamkorligining yanada rivojlanayotganini taʼkidladi.
Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, ayniqsa, yangi tadqiqotlar texnologiyalar, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlimning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.