O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston bilan hamkorlikda “Texnologik xab“ tashkil etiladi

2019-12-02 | Innovatsiya

29-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Gujarat shtatidagi “iCreate” (International centre for entrepreneurship and technology) hamda startaplarni rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi DevX kompaniyalariga tashrif buyurdi.

Innovatsiyalar boʻyicha mamlakatning eng yetakchi hududi boʻlmish Gujarat shtatining eng yirik shahri Ahmadobod atrofida qad rostlagan “iCreate” tadbirkorlik va texnologiyalar xalqaro markazida tadbirkorlik, tadqiqotchilik, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislari faoliyat yuritadi. DevX kompaniyasi esa texnik ekspertiza va korporativ aloqalarni oʻrnatishda 20 yillik tajribaga ega boʻlgan yirik innovatsion tuzilma boʻlib, korporatsiyalarga turli murakkablikdagi biznes masalalarni hal etishda koʻmak beradi. Bu oʻz navbatida mamlakatda qoʻshimcha ish oʻrinlarining tashkil etilishiga, hududning tadbirkorlik landshaftini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi hamda Hindistonning iCreate (International centre for entrepreneurship and technology) kompaniyasi, shuningdek DevX kompaniyasi Oʻzaro anglashuv memorandumlarini imzoladilar. Memorandumni imzolash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Hindistonning Gujarat shtati Taʼlim vaziri Shri Bupendrasinx Chudasama (Bhupendrasinh Chudasama) ishtirok etdilar.

Kelishuvlarga koʻra, tomonlar tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida ikki mamlakat startaplari oʻrtasidagi ikki taraflama hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha qator ishlar amalga oshiriladi. Hamkorlik doirasida Oʻzbekistonda tashkil etilgan startap kompaniyalari Hindistonga oʻz texnologiyalarini transfer qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Xuddi shunday hind texnologik startaplari, kichik va oʻrta biznes vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurib, innovatsilarni rivoji uchun yurtimizdagi mavjud sharoitlar bilan tanishadilar.

Innovatsiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor tajribalar bilan almashish, inson kapitalini takomillashtirish hamkorlikning bosh maqsadidir. Shuningdek, Hindiston va Oʻzbekiston ilmiy jamoatchiligi oʻrtasida muloqotni kengaytirish, turli sohalarda qoʻshma tadqiqotlar olib borilishiga qaratilgan loyihalar ham amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Ilgʻor texnologiyalar markazida hindistonlik hamkorlar bilan birgalikda bir qator qoʻshma startap loyihalarini oʻzida birlashtiruvchi “Texnologik xab”ni tashkil etishga kelishdilar. “Texnologik xab“ startap loyihalari mualliflari va ijrochilarini, mazkur startap loyihalarning sohalari boʻyicha mutaxassislarni jamlashga qaratilgan boʻlib, TexXabda mavzular boʻyicha ommaviy tadbirlar, maʼruzalar, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni targʻib qiluvchi tadbirlar oʻtkaziladi. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlardagi bunday xablar taʼlim olish va tajriba almashish uchun shunday zoʻr maydonga aylanganki, ular universitetlarda berilgan bilimlarni ishlab chiqarishga joriy qilishga, amalda sinashga yordam beradi, kechagi talabalarni oʻz ishining ustalari boʻlishiga, mutaxassislarni esa muntazam ravishda oʻz malakalarini oshirishga xizmat qiladi.

Поделиться