O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʼzbekiston olimlari tomonidan yaratilgan biooʼgʼit turlari tijoratlashtirilmoqda

2019-11-19 | Fan

Oʼzbekiston fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti olimlari ishtirokida qishloq xoʼjaligi uchun biooʼgʼitning yangi “Fosstim” va “Rizokom” turlari yaratildi. Bu “Green biotech” АQSh-Oʼzbekiston qoʼshma korxonasining dastlabki faoliyati natijasidir. Institut tomonidan yaratilgan va patentlangan ekologik jihatdan xavfsiz boʼlgan biooʼgʼitlar oʼsimliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kompleks kurashish xususiyatga ega boʼlib, dunyoda uning analogi mavjud emas. Kimyoviy moddalar oʼrniga mikroorganizmlar va biologik texnologiyalar asosida yaratilgan biooʼgʼitlar qishloq xoʼjaligida pestitsidlardan foydalanishni bartaraf etadi, tuproq unumdorligini oshiradi, oʼsimliklar kasalliklari va zararkunadalariga qarshi kurashadi.

“Green biotech” MChJ QK Innovatsion rivojlanish vazirligi va keyinchalik investor boʼlgan “Biotech Invest Group” LLC АQSh kompaniyasi oʼrtasida Memorandum imzolangach, Oʼzbekiston fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti bilan birgalikda atshkil etilgan innovatsion kompaniyadir. Mazkur loyihani moliyalashtirish uchun 9,6 mlrd. soʼm investitsiya kiritilgan boʼlib, ishlanmadan kutilayotgan yillik daromad esa 7,5 mlrd. soʼmni tashkil qiladi. Hozirda FА Mikrobiologiya ilmiy tadqiqot institutining oʼrtacha yillik daromadi 472,5 mln. soʼmligini inobatga olsak, innovatsion mahsulotdan olinadigan foydaning koʼlamini tasavvur qilish mushkul emas.

Loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish uchun zarur boʼlgan asbob-uskunalar oʼrnatildi. Buning uchun xorijiy investor 1,7 mlrd. soʼm hajmida investitsiya kiritdi va oyiga 1000 litr biooʼgʼit ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilib, mahsulotni tijoratlashtirish jarayoni boshlandi.

– Loyiha xorijiy investor pul mablagʼlari hisobidan amalga oshirilmoqda, – dedi Tuproq mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Gulnora Jumaniyozova. – Mazkur biooʼgʼit turlari gʼoʼza, bugʼdoy, sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka urugʼlariga ekishdan oldin ishlov berishda qoʼllaniladi hamda shoʼrlangan tuproqlarning unumdorligini va qishloq xoʼjalik ekinlarini hosildorligini oshirish uchun tavsiya qilinadi.

Shunday qilib, Oʼzbekiston fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti va “Green biotech” MChJ QK innovatsion kompaniyasi tomonidan “Fosstim” va “Rizokom” deb nomlangan kuchli biooʼgʼit va biostimulyatorlarning yangi avlodi yaratildi va uni tajribaviy ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyildi. Uning ishlab chiqarish quvvati 2 mln. gektardan ortiq yerni taʼminlashga yetadi. 2019 yilda mazkur biooʼgʼitlar bugʼdoy ekinlarida sinovdan oʼtkazilib, kutilgandan ortiq ijobiy natijalar olindi: kimyoviy va mineral oʼgʼitlar sarfi qisqardi, tuproq va oʼsimliklarning fosforlanish, shoʼrlanish, metatoksin bilan ifloslanish darajasi pasaydi va shoʼrlangan yerlarning unumdorligi koʼtarildi hamda atrof-muhit holati yaxshilandi; sugʼorish suvining sarfi 30 foizga kamaydi va bunda qishloq xoʼjaligi ekinlarining hosildorligi 30-50 foiz koʼpaydi. Bularning barchasi qishloq xoʼjaligi mahsulotlari eksportining oshirilishiga olib keldi.

Поделиться