O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Startapchilarimiz Qozogʻistonda qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar

2019-11-25 | Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan startap loyihalar tanlovi gʻoliblari – “Agrowin” va “N.E.F.” startap-korxonalari vakillari USAID dasturining Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish oʻrinlarini yaratish loyihasi taklifiga binoan Qozogʻistonning Shimkent shahrida oʻtkazilgan Toʻqqizinchi Markaziy Osiyo savdo forumida ishtirok etdilar.

Bu mintaqaviy savdoni ragʻbatlantirishga bagʻishlangan eng yirik yillik tadbirlardan biridir. Galdagi forumning mavzusi “Meva-sabzavot sohasidagi innovatsiyalar va investitsion yondashuvlar“ boʻlib, unda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa va AQSH Davlat sektori vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur forum doirasida N.E.F.” startap-korxonasi Qozogʻiston meva-sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Sariagash“ mintaqaviy filiali bilan qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha shartnoma imzoladi. “N.E.F.” (“New ecological feed” – “Yangi ekologik ozuqa”) qoramol, qoʻy, quyon, parranda, baliq uchun yem mahsulotlari tayyorlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy etgan. Mazkur startap jamoasi vitaminlarga boy omixta ozuqalar, parranda, chorva yoki boshqa hayvon turlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yem mahsulotlari va qoʻshimchalar tayyorlash, qishki mavsumda chorva uchun barra oʻt yetishtirish bilan shugʻullanadi.

Hamkorlikning maqsadi tashkilotlarning texnik salohiyatini birlashtirish, tajriba almashish va “N.E.F - Yangi ekologik ozuqa“ hamda Qozogʻiston meva-sabzavotchilik ITIning “Sariagash“ mintaqaviy filiali oʻrtasida ikki tomonlama oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishdir. Shartnoma, shuningdek, vitamin mahsulotlari, omixta yem va ularning maxsus tarkibiy qoʻshimchalarini ishlab chiqarishni koʻzda tutadi.

Oʻz navbatida, “Agrowin” startap loyihasi 2019-yilda tashkil etilgan boʻlib, “in vitro” usulida mevali, manzarali, xona koʻchatlari va payvand taglarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi. Loyiha mualliflarining qayd etishicha, ular Qozogʻiston, Qirgʻiziston kompaniyalari bilan biznes aloqalarini yoʻlga qoʻyib, xalqaro tadbirda ishtirok etishning ilk tajribasiga ega boʻlishdi.

Поделиться