O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi
2019-12-06 | Texnologiyalar
Joriy yilning 6 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amaliyotga tatbiq etishning yillik natijalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda davlat boshqaruvi va iqtisodiyotda innovatsion amaliyotlarni joriy etishda erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi asosida Respublikada Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni rivojlantirish yo‘nalishida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.
Xususan, ilm-fan, ta’lim va ijodkorlik yo‘nalishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi Bugungi kunda universitetda 28 ta doktorlik ishi himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.
Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilib, joriy yil 24 sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda.