O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog'liqni saqlash

Jahonning taniqli anesteziolog va reanimatologlari poytaxtimizda jam bo‘lishdi

28.02.2020Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan “Anesteziologiya-reanimatologiya va intensiv davolashda yangi texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ish boshladi.

Litva delegatsiyasi bilan uchrashuv

27.02.2020Siyosat

26-fevral kuni poytaxt hokimligida Litva Respublikasining spikeri muovini Irena Shyaulene boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida hokim o‘rinbosari Sharof Rahmonov mehmonlarga Toshkentda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, poytaxtning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

26.02.2020Ta’lim

Yurtimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ichida Toshkent tibbiyot akademiyasi birinchi bo‘lib Yevropa tibbiyot maktablari uyushmasining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Ushbu muhim voqea mazkur uyushma vitse-prezidenti, Litvaning Vilnyus universiteti professori Algirdas Utkus boshchiligidagi delegatsiya hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma “Ta’lim forumi”da e’lon qilindi.

Tibbiy yordam sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi

25.02.2020Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Tibbiyotdagi korruptsion holatlarni bartaraf etish borasida qat’iy choralar ko‘rilmoqda

25.02.2020Sog‘liqni saqlash

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot tizimida korrupsiyaning oldini olish va korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi ishlar haqidagi axboroti eshitildi.

Sogʻliqni saqlash tizimida korrupsiya qachon barham topadi?

25.02.2020Sog‘liqni saqlash

Maʼlumotlarga koʻra, 2018-2019-yillarda mamlakatdagi sogʻliqni saqlash xodimlarining 581 nafari turli jinoyat sodir etib, javobgarlikka tortilgan. Shulardan 114 nafari korrupsion jinoyatdir. Tizimda oʻtkazilgan ichki audit natijasida oʻtgan ikki yil davomida jami 36,2 milliard soʻmlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan.

Stomatologiyada innovatsiyalar

20.02.2020Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tibbiy xizmatlarning va tibbiy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Joriy yilning 18-fevral kuni Yoshlar press-klubida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Dentals Pharma korxonasi tomonidan “Stomatologiyada innovatsiyalar” mavzusida seminar tashkil qilindi. Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev ochib berdi.

2019-yilda tizimga ajratilgan byudjet mablag‘lari samarali va maqsadli sarflandi

17.02.2020Sog‘liqni saqlash

O‘tgan 2019-yil mamlakatimiz tibbiyot tizimi bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlar smetasiga jami 282,3 milliard so‘m byudjet mablag‘lari ajratilgan edi.

Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini tashkil etish toʻgʻrisida

17.02.2020Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv

12.02.2020Sog‘liqni saqlash

2020-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge boshchiligidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xans Klyuge O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi bo‘ldi

11.02.2020Sog‘liqni saqlash

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.