O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

2020-02-26 | Ta’lim

Yurtimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ichida Toshkent tibbiyot akademiyasi birinchi bo‘lib Yevropa tibbiyot maktablari uyushmasining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Ushbu muhim voqea mazkur uyushma vitse-prezidenti, Litvaning Vilnyus universiteti professori Algirdas Utkus boshchiligidagi delegatsiya hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma “Ta’lim forumi”da e’lon qilindi.

Forum doirasida akademiyaning Yevropa tibbiyot maktablari uyushmasi a’zoligiga rasman qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikat Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Laziz Tuychiyevga tantanali topshirildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Yevropa tibbiyot maktablari uyushmasi 1979 yilda Yevropa tibbiyot maktablari rahbarlari uyushmasi sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda uyushma tibbiy ta’limni rivojlantirishdagi eng muhim masalalarni hal qilish borasida Yevropadagi eng yirik oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan biridir. Shu bilan birga, mazkur uyushma Yevropadagi akkreditatsiya tashkilotlari bilan birgalikda tibbiy ta’lim dasturlari sifati, Yevropadagi oliy ta’lim standartlari va Jahon tibbiy ta’lim federatsiyasi standartlariga muvofiqligini baholash loyihalarini ham amalga oshirib keladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining nufuzli xalqaro tashkilot - Yevropa tibbiyot maktablari uyushmasiga a’zo bo‘lishi O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining xalqaro darajaga ko‘tarilishi va ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq, mahalliy ta’lim dasturlari sifatini oshirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biridir.

Tantanali tadbir davomida Litva sog‘liqni saqlash vazirining forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Vilnyus universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, akademiya o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazishga oid choralar-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Forum yakunida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Vilnyus universiteti o‘rtasida tibbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Vilnyus universiteti delegatsiyasi tashrif doirasida bir qator qo‘shma o‘quv tadbirlar, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning viloyatlardagi filiallarida talabalar bilan uchrashuvlar, universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Поделиться