O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Litva delegatsiyasi bilan uchrashuv

2020-02-27 | Siyosat

26-fevral kuni poytaxt hokimligida Litva Respublikasining spikeri muovini Irena Shyaulene boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida hokim o‘rinbosari Sharof Rahmonov mehmonlarga Toshkentda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, poytaxtning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi.

"Sizning shaharni rivojlantirishdagi tajribangizni bilgan holda, Vilnyus meriyasi bilan hamkorlikni faollashtirish va yaqindan aloqalarni o‘rnatishni taklif qilamiz" - dedi Raxmonov.

Irena Shyaulene taklif uchun minnatdorlik bildirib, bolalar bog‘chalarini, sport inshootlarini va bog‘larni barpo etish, shahar xo‘jaligini boshqarish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi masalalarda hamkorlik qilishni taklif qildi.

Shuningdek, mehmonlar Vilnyusning axborot texnologiyalarini qo‘llash, smartfon orqali to‘lov qilish mumkin bo‘lgan pullik avtoturargohlar, plastik buyumlarni utilizatsiya qilish va shahar bayramlarini tashkillashtirish borasidagi yutuqlari haqida aytib o‘tdilar.

Bitiruvchilarining Yevropa oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini oshirish uchun Toshkentda O‘zbekiston ta’lim talablari bilan bir qatorda Litva ta’lim dasturlari asosida bilim beruvchi maktabni ochish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turizm va madaniy almashinuvga alohida e’tibor qaratgan holda hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdilar.

Поделиться