O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sog'liqni saqlash
Dikvafosolni oʼz ichiga olgan oftalmologik eritma yaratildi 09.03.2020Sog‘liqni saqlashOftalmologik eritma ko’z quruqligidan aziyat chekuvchi bemorlarni davolash uchun mo’ljallangan bo’lib, ko’zlarni yoshlantirishga yordam beradi. |
Milliy palata va BMT hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda 09.03.2020Sog‘liqni saqlashOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi raisi Ravshan Izomov YUNISEF va YUNFPAning mamlakatimizdagi vakolatxonalari vakillari bilan muzokara olib bordi. |
Italiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga 06.03.2020JamiyatItaliya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a’zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi. O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Наши студенты в Италии” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi. |
06.03.2020Jamiyat 2020-yil 1-martdan boshlab Tehron shahridagi O‘zbekiston Elchixonasi huzurida Ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u Eronda COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qadar tunu kun faoliyat yuritadi. |
“Future Medicine Conference” konferentsiyasi yoshlarni chorlaydi 06.03.2020Sog‘liqni saqlashO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘grisida”gi PF-5590 sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari tomonidan “Future Medicine Conference” konferentsiyasi tashkil etiladi. |
Vazirlar Mahkamasida koronavirusning turizm sohasi rivojiga ta'siri muhokama etildi 06.03.2020Turizm4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi a'zolari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va turizm sohasi subyektlari ishtirokida Covid-19 – koronavirusning O‘zbekiston turizm sohasi rivojiga ta'sirini o‘rganish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. |
05.03.2020Sport Xitoy davlatida tarqala boshlagan koronavirusning yangi COVID-19 turi ayni kunlarda butun dunyo bo‘ylab katta xavfni keltirib chiqarmoqda. Buning ortidan bir qancha xalqaro musobaqalarning o‘tkazilishi ortga surilmoqda. Ayrimlari esa butunlay bekor qilindi. |
04.03.2020Sog‘liqni saqlash Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infektsiyasi mamlakatimizga kerib kelganligi haqidagi, asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ushba xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi. |
03.03.2020Sog‘liqni saqlash Toshkent shahar hokimligida Rossiyaning “NEO sentr”, “TRIMM” DK, “GMK Kil” MChJ va “MaksProyekt” AJ kompaniyalari konsortsiumi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov hamda Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining mutasaddilari ham ishtirok etdilar. |
03.03.2020Sog‘liqni saqlash |
03.03.2020Sog‘liqni saqlash Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatimiz hududiga koronavirus infektsiyasini kirib kelishini oldini olish maqsadida qator vazirlik, qo‘mita va agentliklar bilan hamkorlik qilib, ushbu muassasalar tasarrufidagi idora xodimlarini dunyodagi bugungi qaltis epidemik vaziyatdan ogoh etib, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda. Kuni kecha vazirlik yurtimizdagi mavjud 9950 ga yaqin umumta’lim muassasasida tegishli sanitariya choralarni amalga oshirish orqali xodimlar va o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shma qaror qabul qildi. |
Koreya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga 03.03.2020JamiyatO‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi o‘z veb-saytida 2020-yil mart oyida Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvalini e’lon qildi: |
Kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vositani olish usuli 02.03.2020FanKuyish – kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʼir metallarning tuzlari va b.), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼsirida toʼqimalarning shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi. Shunga koʼra, termik kuyish, kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida kuyish o’zaro farq qilinadi. Turmush va ishlab chiqarishda termik kuyish koʼp uchraydi. |
“ITB Berlin -2020” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bekor qilindi 02.03.2020TurizmButun dunyoda COVID-19 virusi bilan kasallanganlar soni oshib borishi munosabati bilan “ITB Berlin -2020” xalqaro turistik ko‘rgazmasi bekor qilindi. Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi va IIV inqirozli holatlar shtabida shu haqida xabar berildi. |
Vazirlik aholini koronavirusdan xavotirga tushmasdan, ogoh bo‘lishga chorlaydi 02.03.2020Sog‘liqni saqlashAyni kunlarda dunyoda, xususan, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron va Italiya kabi qator davlatlarda koronavirus infektsiyasi keng tarqalayotganligi kuzatilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, jahonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 82 ming nafardan oshdi, 2 800 dan ortiq o‘lim holati qayd etildi. Hozirgacha Xitoydan tashqari ushbu infektsiya 50 ga yaqin mamlakatda aniqlandi. Dunyoda epidemik vaziyat kun sayin o‘zgarib, kasallik shiddat bilan boshqa davlatlarga ham tarqalmoqda. |
Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga 28.02.2020JamiyatSaudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi Elchixonasi O‘zbekiston tomonini chet el, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi Payg‘ambarimizning Muqaddas Masjidini ziyorat qilish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik to‘xtatilganiligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi. |