O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xans Klyuge O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi bo‘ldi
2020-02-11 | Sog‘liqni saqlash
JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot doirasida Xans Klyuge Yevropa mintaqaviy byurosi hamda mamlakatimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovning buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tibbiy ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun u Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori unvoniga ham sazovor bo‘ldi.