O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Korrupsiya – milliy-ma’naviy xavfsizlikka tahdid”

2018-05-01 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”da korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda olib borish vazifasi belgilangan. 

Mazkur Dastur ijrosi doirasida 2018-yilning 26-aprel kuni ATB “Qishloq qurilish bank” markaziy idorasida “Korrupsiya – milliy-ma’naviy xavfsizlikka tahdid” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Tadbirda huquqshunoslar, bank xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zgan chiqqan Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari o‘qituvchisi Muzaffar Do‘stqorayev mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurashish borasida yaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning ahamiyati va ularning mazmun-mohiyati haqida to‘xtaldilar. 

Ta’kidlandiki, korrupsiya jamiyatda nosog‘lom muhitni, salbiy illatlarni yuzaga keltiradi, ijtimoiy adolatga rahna solib, fuqarolarda davlat organlariga ishonchsizlik kayfiyati kuchayishiga olib keladi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish, ayniqsa, iqtisodiyot qon tomiri bo‘lgan bank-moliya sohasida yanada muhimdir. Halollik, mehnatsevarlik, xalq bilan muloqot har bir bank xodimi kundalik faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim. 

Tadbirda ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.

Поделиться