O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish tashabbusi bilan chiqmoqda

2018-04-27 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va vazirlik huzuridagi O‘quv markazi «Davlat xizmatchisining xizmat majburiyatlari bajarilishining samaradorligi mezonlari, standartlari va uning sifatini baholash tizimi: milliy va xorijiy tajriba» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdi.

Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Haydarov davlat xizmatchisi aholi uchun xizmat qilishi va o‘z faoliyati davomida, eng avvalo, axloq normalariga asoslanishi, mehnatsevarlik, berilgan buyruq va ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarishi, xushmuomalalik, topshiriqlarni chuqur mulohaza bilan amalga oshirishi, asosiysi, fuqarolarni tinglay olish qobiliyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. “Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ishlab chiqilgan odob-axloq namunaviy qoidalari bu borada muhim dasturilamal bo‘lishi kerak”, dedi vazir o‘rinbosari.
 
Shuningdek, konferensiyada davlat xizmatchilari orasida korrupsiyani keltirib chiqaradigan omillarga to‘xtalib o‘tildi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.
 
Korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladi. 
 
Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu hujjat jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться