O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha insholar tanlovining 1-bosqichi uchun mavzu eʼlon qilindi

2018-10-04 | Jamiyat

Adliya vazirligi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlov eʼlon qilgan edi.

Toʻrt nominatsiya boʻyicha oʻtkazilayotgan ushbu megatanlovning toʻrtinchi yoʻnalishi – “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” umummilliy insholar tanlovi uchun mavzular eʼlon qilindi.

Eslatib oʻtamiz, tanlov uch bosqichda (tuman (shahar), viloyat, respublika) oʻtkaziladi.

1-bosqich uchun mavzu:

“Korrupsiya va men” – Korrupsiyaning fuqarolar, muayyan shaxs hayotiga taʼsiri, qonunga itoatkorlik yuksak qadriyat va korrupsiyaga qarshi kurashning asosi ekani, qarindosh-urugʻchilik, poraxoʻrlik, koʻzboʻyamachilik, qonunga itoatsizlik va javobgarlikdan qoʻrqmaslikning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga nisbatan fuqarolik pozitsiyasi, xususan, toqatsizlik, murosasizlik va unga bosh qoʻshmaslik lozimligi kabi masalalar yoritilishi kerak.

“Eng yaxshi insho uchun” nominatsiyasi boʻyicha tanlov ikki guruh kesimida oʻtkaziladi:

birinchi guruh – umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 8–11 sinflari hamda litsey va kollej oʻquvchilari oʻrtasida;

ikkinchi guruh – oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida.

Tanlovning birinchi guruhi uchun nomzodlar oʻz ijodiy ishlarini ota-onasi yoki oʻqituvchisi nomidan kuzatuv xati (unda ishtirokchi va ota-ona yoki oʻqituvchi haqida maʼlumot hamda aloqa maʼlumotlari koʻrsatiladi) bilan birga, ikkinchi guruh esa oʻzi haqidagi maʼlumotnoma (obyektivka) bilan birga topshiradilar.

Tanlovning 1-bosqichida insholar shu yilning 20 oktyabrigacha tuman (shahar) adliya boʻlimlariga shaxsan topshirilishi kerak.

Insholar erkin mavzuda insho yozish qoidalariga rioya etgan holda yozilishi, hajmi 1000 ta soʻzdan oshmasligi lozim.

Tanlovda voyaga yetmagan ishtirokchilar oʻz ijodiy ishlarini ota-onasi yoki oʻqituvchisi nomidan kuzatuv xati (unda ishtirokchi va ota-ona yoki oʻqituvchi haqida maʼlumot hamda aloqa maʼlumotlari koʻrsatiladi) bilan birga, qolganlar esa oʻzi haqidagi maʼlumotnoma (obyektivka) bilan birga topshiradilar.

Maʼlumotnomada aloqa maʼlumotlari (e-mail, telefon raqami, manzil) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

“Eng yaxshi insho uchun” nominatsiyasining har bir guruh boʻyicha gʻoliblariga Samsung S9 smartfoni beriladi.

Поделиться