O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiya – halokatga yoʻl!

2018-10-08 | Jamiyat

Korrupsiya shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Bu illatning keng quloch yoyishi oʻta salbiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga toʻsqinlik qiladi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga boʻlgan ishonch yoʻqolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab boʻladi.

Bugungi kunda yurtimizda yanada jadallashgan keng koʻlamdagi islohotlar doirasida davlat va biznesning oʻzaro hamkorligida ochiqlikni, shaffoflikni mustahkamlash, korrupsiyani tag-tomiri bilan yoʻqotish, fuqarolarda qonunga itoatkorlik va hurmat hissini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlatni barpo etish sharoitida korrupsiya kabi salbiy ijtimoiy voqelikning oldini olish va unga qarshi kurash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan milliy qonun hujjatlarimizga xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari singdirildi.

Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishni, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoʻyish, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini oʻz ichiga qamrab olgan.

Ushbu qonunga koʻra, Davlat bojxona xizmati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni amalga oshiradi;

korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻadi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi;

aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qoʻyilishini taʼminlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Mazkur qonun fuqarolar, tadbirkorlar, qolaversa, chet el investorlarining yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Davlat bojxona qoʻmitasi tizimida korrupsiya, poraxoʻrlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish hamda uni oldini olish maqsadida oʻz xavfsizligi boshqarmasi va uning joylardagi tuzilmalari tashkil etilgan.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Oʻz xavfsizlik guruhi tomonidan 2019 yilning 9 oyi davomida 
51 marotaba umumiy tartibda (yigʻilish, seminar va oʻquv mashgʻulotlari), 57 marotaba yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan. Bunga bojxona xodimlarining ota-onalari va oila aʼzolarini ham jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari, deklarantlar bilan ham muntazam ravishda ochiq muloqotlar va uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda. Davlat bojxona qoʻmitasining uzluksiz faoliyat yurituvchi “Ishonch telefoni” 11-08 raqami joriy qilingan boʻlib, u orqali fuqarolar bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan xabar berishlari mumkin.

Ushbu “Ishonch telefoni” bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini zudlik bilan oldini olish, mansabdor shaxslar va bojxona xodimlari tomonidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining qonuniy huquq va manfatlarini himoya qilish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.

 

I.Gʻulomov,

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi

Oʻz xavfsizlik guruhi boshligʻi

Поделиться