O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biz korrupsiyaga qarshimiz

2018-04-19 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 

Mamlakatda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

Prezidentimizning joriy yil 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida bojxona organlari tizimida korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojxona xizmati obro‘sini oshirish O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. 

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi milliy va xalqaro qonunchilik haqida atroflicha ma’lumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan mavjud huquqiy normalarni yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. 

Davra suhbatida bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Bojxona organlari xodimlariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish taqiqlangan. Bojxona organlari xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi belgilab berilgan. 

Bu borada “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining o‘zida ham aniq chora-tadbirlar belgilangan. Shaxsiy tarkib o‘rtasida korrupsiya va ta’magirlikka qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2018 yilning 1 choragi davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, tarbiyaviy-profilaktika faoliyatini tashkil etish va o‘tkazishga qaratilgan turli tadbirlar, xodimlarning hushyorligini oshirish va bu borada profilaktik tadbirlarni jonlantirish maqsadida xufiyona va oshkora tekshiruvlar o‘tkazilgan. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. 

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться