O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘istonda korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi

2018-08-07 | Jamiyat

Hozirgi vaqtda dunyo hamjamiyatini qiynab kelayotgan global muammolarning biri – korrupsiya hisoblanadi. Aslida, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga ta’sir qiluvchi xavfli jinoiy hodisaning ko‘p tarqalgan turiga kiradigan korrupsiya illati har qanday davlatning rivojlanishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida Prokuratura bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari L.Alimov ochib berdi va olib bordi.

Tadbirda boshqarmaning O‘z xavfsizlik guruhi MIB katta tezkor vakili Ye.Ibragimov so‘zga chiqib, xodimlarning huquqiy ongi oshib borishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati yuqori ekanligini, mazkur qonunda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish” deb nomlangan alohida bobning kiritilgani bejiz­ emasligi, chunki aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan turib, unga qarshi kurashish samaradorligini ta’minlab bo‘lmasligini, qonunning 16-moddasiga asosan davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi deb belgilanganidek, bojxona boshqarmasi tomonidan ayni ushbu bandiga qaratilgan muhim ishlar amalga oshirilib kelinganligini va korrupsiya nima, odob nima, bularning mazmun mohiyatini tushuntirib misollar tariqasida keng tushuntirishlar berib o‘tdi.

So‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasidan tashrif buyurgan bo‘lim prokurori B.Iskandarov so‘zga chiqib, davlat dasturida “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” loyihasini ishlab chiqish belgilangan bo‘lib, u orqali mamlakatda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tashviqotini tubdan yaxshilash ko‘zda tutilganligini, xulosa sifatida aytish mumkinki, faqatgina korrupsiya uchun jazolarni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu illatga qarshi kurashib bo‘lmasligini, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o‘z faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir deya ta’kidladi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda sodir etilayotgan korrupsiya holatlarini misol tariqasida aytib o‘tib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlariga nisbatan 2015-2018 yillar davomida bironta ham jinoiy javobgarlikka tortilganlar bo‘lmaganligi statistikada yaxshi deb baholanishi, bu esa o‘z navbatida profilaktika ishlari yaxshi olib borilayotganlikdan dalolat berishini, kelgusida ham bojxonachi degan sharofli nomga dog‘ tushurmasdan, xalqning ishonchini oqlashga harakat qilishni davom ettirishni aytib o‘z so‘zini yakunladi.

Xulosa qilib aytganda, har bir inson eng avvalo, o‘zi yashab turgan hayotda bu kabi illatlarga qarshi kurashda faol bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi 
Axborot xizmati

Поделиться