O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Agentlikda “Korrupsiya - milliy xavfsizlikka tahdid“ mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

2018-07-20 | Jamiyat

Joriy yilning 19 iyul kuni Agentlikda korrupsiya holatlarini oldini olish, bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan muhim ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratish, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish maqsadida Agentlik rahbariyati va patent vakillari o‘rtasida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik mutaxassislari tomonidan “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid“ mavzusidagi ma’ruza qilindi.

Uchrashuvda patent vakillaridan Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi turli ish reja va dasturlarida, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Agentlik tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha monitoring va tahlil jarayonlarida faol ishtirok etish so‘raldi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-3837-son Qarori ijrosi yuzasidan har bir davlat organi huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish belgilanganligi hamda hozirgi kunda Agentlikda ham mazkur Qaror ijrosi yuzasidan jamoatchilik kengashini tuzish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.
Tadbir tanlangan mavzuning dolzarbligi va ahamiyati bois bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Поделиться