O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Oliy Majlis Senati raisi boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

21.09.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya bugun Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi ishida ishtirok etadi

21.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida videomurojaat bilan so‘zga chiqadi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

21.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi

20.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni ta’lim, madaniyat va tibbiyot sohalaridagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shvetsiya Elchisi bilan uchrashuv

20.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shvetsiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmanni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Armaniston elchisi bilan uchrashuv

20.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 17-sentyabrida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligida Armaniston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aram Grigoryan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Prezident maktablari samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

20.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 18-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya shaklida shu yilning 10- sentyabr kuni Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablar samaradorligini oshirish masalasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston SHHT mamlakatlarida innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalarni qo‘lab-quvvatlaydi

17.09.2021ShHTManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev SHHT sammiti davomida ishlab chiqarish kooperatsiyasini mustahkamlash va SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, shu jumladan, yuqori texnologiyali, ilm-fanni intensiv rivojlantirishni hisobga olgan holda innovatsion ishlanmalar bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

O‘zbekiston vakili SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga rahbarlik qiladi

17.09.2021ShHTManba: “Dunyo” axborot agentligi

Dushanbeda o‘tayotgan SHHT sammitida Davlat rahbarlari kengashi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi masʼul xodimi Ruslan Mirzayev nomzodini SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqladi.

ShHTga raislik O‘zbekistonga o‘tdi

17.09.2021ShHTManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 17-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi ishtirokida uchrashuv

17.09.2021SiyosatManba: O'zA

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorovning Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi Bosh kotibi I.Tekdemir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Adliya vaziri o‘rinbosari CrimsonLogic (Singapur) kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

17.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Joriy yilning 16-sentyabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliev CrimsonLogic (Singapur) kompaniyasi vise-prezidenti Yong Vi Tan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

“TLDCON-2021” Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

17.09.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Joriy yilning 15-16-sentabr kunlari MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining yuqori daraja milliy domenlarining ma’mur va registratorlarning (ro‘yxatga oluvchilar) “TLDCON-2021” 14-Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari hamkorlik salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladilar

17.09.2021SiyosatManba: O'zA

16-sentabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Eron Prezidenti bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi

17.09.2021SiyosatManba: O'zA

Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

16.09.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga keldi

16.09.2021SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi.

Prezident ShHT sammitiga jo‘nab ketdi

16.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16-sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga jo‘nab ketdi.

Milliy koordinatorlar SHHT Dushanbe sammiti kun tartibi va hujjatlari bo‘yicha kelishib oldi

16.09.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Tojikiston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi o‘z ishini yakunladi.

Xususiy sektor ishtirokida yashil loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

16.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 15-sentabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) boshqaruvchi direktori Maxtar Diopning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov va Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev hamda bir qator vazirlik va idoralar, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.