O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari hamkorlik salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladilar

2021-09-17 | Siyosat

16-sentabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi.

Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammitida O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu yil boshidan ikki tomonlama tovar ayirboshlash 2,5 barobar ortgani, 30 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etilgani ta’kidlandi. Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi. 

Samarali ishbilarmonlik almashinuvlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish borasida birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi. Eng avvalo, preferensial savdo to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilish, tranzit va savdo munosabatlari to‘g‘risidagi bitim qoidalarini bajarish, qabul qilingan “yo‘l xarita”siga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

Uchrashuvda Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Manba: O'zA

Поделиться