O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston vakili SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga rahbarlik qiladi
2021-09-17 | ShHT
Dushanbeda o‘tayotgan SHHT sammitida Davlat rahbarlari kengashi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi masʼul xodimi Ruslan Mirzayev nomzodini SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqladi.
Davlatimiz rahbari matbuot kotibining Telegram-kanalidagi maʼlumotga ko‘ra, Ruslan Mirzayev o‘z vazifasini bajarishga 2022-yil 1-yanvardan kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi direktorligiga uch yilga tayinlanadi. Ayni paytda ushbu tuzilmaga Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov rahbarlik qilmoqda. U ushbu lavozimni 2021-yil 31-dekabr kuni topshiradi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi