O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi ishtirokida uchrashuv

2021-09-17 | Siyosat

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorovning Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi Bosh kotibi I.Tekdemir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar, xususan, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, saylov kampaniyasini moliyalashtirish, saylov jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari faoliyati, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uchastkalari kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.  

Shu bilan birga O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi siyosiy, ishbilarmon doiralar, shuningdek, fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasida yuqori darajadagi muloqotni ta’minlash orqali O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni yanada yaqinlashtirishda mustaqil platforma bo‘lib xizmat qiladi.  

Do‘stlik guruhi faoliyati madaniyat, ta’lim, ilm-fan sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish, keng doiradagi konstruktiv uchrashuvlar va parlament diplomatiyasi orqali O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni kuchaytirishga qaratilgan. 

Manba: O'zA

Поделиться