O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston SHHT mamlakatlarida innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalarni qo‘lab-quvvatlaydi
2021-09-17 | ShHT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev SHHT sammiti davomida ishlab chiqarish kooperatsiyasini mustahkamlash va SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, shu jumladan, yuqori texnologiyali, ilm-fanni intensiv rivojlantirishni hisobga olgan holda innovatsion ishlanmalar bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yilda SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida "Sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi"ni qabul qilish taklifiga e’tibor qaratilganini alohida ta’kidlash joiz bo‘ladi.
Bu shubhasiz, Sanoat kooperatsiyasi markazlarini tashkil etish bo‘yicha yangi tashabbusning mantiqiy davomi bo‘ladi va "Sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi" ni amalga oshirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.
bugungi kunda butun dunyoda sanoat kooperatsiyasi sanoat ishlab chiqarish sohasida kuchlarni birlashtirishning eng samarali shakllaridan biri sifatida e’tirof etilgan va u nafaqat daromad olish, balki jahon miqyosidagi kuchli raqobatga dosh bera olishiga imkon beradi.
E’tiborlisi, a’zo davlatlar ham SHHT doirasida sanoat va sanoat kooperatsiyasida, shu jumladan yarmarkalar va ko‘rgazmalar o‘tkazish orqali ham hamkorlikni rivojlantirish tarafdoridirlar.
Axborot-resurs markazlarining doimiy ishi sanoat sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha tadbirkorlarni qidirish, tanlash va SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va aholi farovonligining oshishiga yordam beradi.
O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan yana bir muhim tashabbus - 2022-yilda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti iqtisodiy forumi va innovatsiyalar haftaligi bo‘lib o‘tishi, shuningdek, sanoat kooperatsiyasiga, birinchi navbatda, zamonaviy yuqori texnologiyali jahon bozorida uzoq muddatli talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan.
Zamonaviy sharoitda fan, texnika va innovatsiya SHHTga a’zo davlatlar iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir iqtisodiyotni qishloq xo‘jaligi, energetika, ta’lim, moliya, ishlab chiqarish va sayyohlik, tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish kabi sohalar boshqaradi.
Ushbu tashabbus yuqori texnologiya sohasida va ishlab chiqarishga texnologik yutuqlarni tadbiq etishda, shuningdek industrial parklarni va savdo-sanoat klasterlarini yaratishda tajriba almashuv bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishda barcha davlat-qatnashchi manfaatlariga javob beradi.
Shunday qilib, 2022-yilda O‘zbekistonda SHHT Iqtisodiy forumi va Innovatsion haftaligining o‘tkazilishi SHHTga a’zo har bir davlatning ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarning real muammolarini hal qilishga qaratilgan bilim va tadqiqot yechimlari bilan almashish bo‘yicha umumiy qarashlarni belgilab beradi.
Bu tadbir mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishning umumiy yondashuvlarini aniqlash uchun jadal rivojlanayotgan texnologiyalarni hisobga olgan holda, a’zo davlatlar sanoat vazirlari yig‘ilishini o‘tkazishda yaxshi platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, SHHT davlat rahbarlari yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan barcha ilgari surilgan tashabbuslar juda pragmatik bo‘lib, birgalikda ishlab chiqishga yo‘naltirilgan va ularni amalga oshirishning shakllangan va aniq mexanizmlariga asoslangan.
Bu tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar, albatta, SHHTga a’zo barcha davlatlarning asosiy manfaatlariga javob beradi va hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi.
Manba: O'zA