O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Armaniston elchisi bilan uchrashuv

2021-09-20 | Siyosat

Joriy yilning 17-sentyabrida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligida Armaniston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aram Grigoryan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov, departamentning mas'ul xodimlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va prognoz qilish boshqarmasi boshlig'i Erkin Majidov ishtirok etdi.

Muhokama qilingan asosiy mavzular ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollariga bag’ishlandi. Elchiga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish, raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar va boshqalar amalga oshayotgan o’zgarishlar haqida ma'lumot berildi. A. Grigoryan O'zbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasi o'rtasida hukumatlararo komissiyasining birinchi yig'ilishini tashkil etish masalasini ko'rib chiqishni taklif qildi.

Xususan, bo’lib o’tadigan yig’ilishda kun tartibiga bir qator masalalarni, ya’ni transport, qishloq xo'jaligi sohasida, ayrim tarmoqlarda qo'shma korxonalar tashkil etish, Toshkent va Yerevan shaharlarida savdo uylarini ochish kabi masalalar bo'yicha takliflar kiritdi. O'z navbatida, O'zbekiston hukumati vakillari Hukumatlararo komissiyaning rejalashtirilgan yig'ilishi doirasida tadbirkorlar va ishbilarmon doiralari ishtirokida Biznes - forum tashkil etish masalasini ko'rib chiqishni taklif qildi.

Bundan tashqari, Armaniston vakillari shu yilning 29-30 sentyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan "O'zbekiston: iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli" xalqaro konferensiyasida ishtirok etishga taklif qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turli sohalardagi kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlik to'g'risida kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться