O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Bugun Bishkekda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi

05.11.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Qirg‘iziston poytaxtida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi.

Investitsiya loyihalarining samaradorligi ko‘rib chiqildi

05.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Sodiq Safoyev Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

03.11.2021SiyosatManba: O'zA

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasidan xabar qilishlaricha, 2021-yil 3-noyabr kuni Yaponiya hukumati 2021-yilning kuzida imperator ordeni bilan mukofotlangan chet ellik fuqarolar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham kiritilgan.

Senat raisi Yaponiya elchisi bilan «O‘zbekiston-Yaponiya» parlamentlararo forumi doirasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari xususida fikr almashdi

03.11.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi  Tanzila Norboyeva kecha  Yaponiya elchisi Yoshinori Fudjiyamani qabul qildi.

Yangi massivlar qurish va hududlarni obod qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi

03.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv

02.11.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizga Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.

Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilindi

02.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

01.11.2021Siyosat

2021-yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra tarmoq korxonalari hamda hududlarda Ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Samimiy qutlovlar

01.11.2021SaylovManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning joriy yil 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘lik, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan.

O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qutlovlar

29.10.2021SiyosatManba: O'zA

Mamlakatimizda 2021-yil 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan uning nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

Eron Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

28.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar Oʻzbekiston-Eron munosabatlarining bugungi darajasi, turli sohalardagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Hokim va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining reyting natijalari endilikda ochiq

28.10.2021SiyosatManba: O'zA
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yana bir imkoniyatni taqdim qiladi. Endilikda siz nafaqat hududingizdagi rahbarlar ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz, balki ular faoliyatini baholashingiz ham mumkin.

Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi to‘g‘risida

27.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

27.10.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi.

YXHT delegatsiyasi bilan uchrashuv

26.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Davlat Dumasi qo‘mitasi raisini qabul qildi

26.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan rossiyalik kuzatuvchilar delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Davlat Dumasi qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikovni qabul qildi.

Yevropa parlamenti deputati bilan uchrashuv

25.10.2021SiyosatManba: O'zA

Avval xabar berilganidek, mamlakatimizda bo‘lib turgan xalqaro kuzatuvchilarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashriflari davom etmoqda. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Yevropa parlamenti deputati Terri Mariani bilan uchrashdi.

Arxiv sohasiga oid yangi hamkorliklar

25.10.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon — Prezident saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivi bosh direktori Abdulla bin Muhammad Al Rais bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB kuzatuvchilari missiyasi rahbari bilan uchrashdi

25.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ouen Merfi bilan uchrashdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Orxus konventsiyasi tomonlari yig‘ilishida ishtirok etmoqda

22.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2021 yil 18-22 oktyabr kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Jeneva shahridagi BMTning Millatlar Saroyida bo‘lib o‘tayotgan Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish, uning ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konventsiyasi tomonlar yig‘ilishida ishtirok etmoqda.