O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy Majlis Senati raisi boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
2021-09-21 | Siyosat
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya bugun Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tashrif doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qirg‘iz Respublikasi Jokorgu Keneshi torag‘asi Talant Mamitov o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Tashrif doirasida mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni mustahkamlash uchun barqaror aloqalarni shakllantirishga qaratilgan «O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari muloqoti» xalqaro biznes-forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Unda xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkor ayollar o‘rtasida mamlakatlararo va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi