O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri o‘rinbosari CrimsonLogic (Singapur) kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

2021-09-17 | Siyosat

Joriy yilning 16-sentyabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliev CrimsonLogic (Singapur) kompaniyasi vise-prezidenti Yong Vi Tan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv CrimsonLogic kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, unda adliya va huquq sohasini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarga investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
CrimsonLogic kompaniyasi savdoni faollashtirish, elektron sud tizimi, elektron hukumat va aqlli shahar kabi sohalarda davlat va xususiy muassasalar uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilotdir. Uning 20 ga yaqin xorijiy davlatlarda vakolatxonalari mavjud bo‘lib, 40 dan ortiq xorijiy davlatlar (Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Tayland, Qozog‘iston va boshqalar) bilan 60 dan ortiq loyihalar doirasida hamkorlik olib boradi.
 
 Adliya vazirligi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy qilingan va yo‘lga qo‘yilayotgan axborot tizimlari to‘g‘risida ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
 
 O‘z o‘rnida janob Yong Vi Tan CrimsonLogic kompaniyasining faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan huquq sohasida amalga oshirilgan investitsiya loyihalari to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etdi.
 
 Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar olishdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться