O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belarus Elchisi bilan uchrashuv
2018-07-20 | Siyosat
2018-yilning 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.
Suhbat davomida asosiy e’tibor bo‘lajak O‘zbekiston – Belarus oliy darajali uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan tashrifning kun tartibi va dasturi masalalariga qaratildi.
Uchrashuvda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va boshqa ikki tomonlama tadbirlarning o‘tkazilish muddatlari ham muhokama qilindi.