O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi tashrif buyurdi

2018-07-24 | Siyosat

2018 yilning 23 iyulida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi hamda o‘rinbosari – Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti rahbari Oleg Shutenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda har ikki tomon “xavfsiz shahar“, “aqlli shahar“ kabi bugungi dolzarb konsepsiyalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi, Moskva shahrida zamonaviy vositalarni joriy qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliyot va tajribalar qayd etildi. Xususan, rossiyalik ekspertlar aholi bilan elektron aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan onlayn xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, “aqlli transport tizimi“ va boshqa loyihalar xususida to‘xtaldilar.

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni mamlakat shaharlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qilinayotgan loyihalarni haqida ma’lumot berdilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar istiqbolda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Поделиться