O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“C5+1” shaklidagi Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi majlisi to‘g‘risida
2018-07-23 | Siyosat
2018-yilning 23-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo - AQSH” (“C5+1”) hamkorligi shaklining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari vakillari ishtirok etdi.
Majlis chog‘ida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari, jumladan ekstremizm, terrorizm xatarlari bilan kurashish, chegaralar xavfsizligini ta’minlashdagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish sohasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi. Majlis ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi barqaror rivojlanish qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va birdamlik ta’minlanishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini qayd etdilar.
Markaziy Osiyo va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlarining 2015-yil noyabr oyida Samarqand shahrida asos solingan “C5+1” shakli siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, energetik aloqalar hamda transchegaraviy xavf-xatarlarni oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yaxshilash masalalariga qaratilgan maslahatlashuv mexanizm hisoblanadi.