O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
2018-07-20 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi.
Uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan mazkur yo‘nalish Sergeli tumani aholi punktlari oralab o‘tib, Chilonzor tumanidagi Olmazor bekatiga bog‘lanadi. Temir yo‘l estakada usulida qurilib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekatlarda lift va eskalatorlar o‘rnatiladi.
Bugungi kunda loyihaning 5 kilometr qismida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari bu yerga kelib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Metroni sifatli, qulay va xavfsiz qilib qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shu yerda Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli uylar loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.