O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kanada Elchisi bilan uchrashuv
2018-07-19 | Siyosat
2018-yilning 19-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kanadaning mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Jon Ronald Kyorni qabul qildi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida barcha jabhalarda ikki tomonlama aloqalarning ijobiy o‘sishi kuzatilganligi qayd etildi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar, turistik va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi/ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Vazir Elchiga O‘zbekiston – Kanada hamkorligini faollashtirish, unga ko‘p qirrali tus berishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik izhor etdi.
Kanada Elchisi, o‘z navbatida, samarali va sermahsul faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.