O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-07-23 | Siyosat

2018-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Genri Ensher boshchiligidagi Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiya Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari (“S5+1”) vakillarining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp, Ma’muriyat va Kongressning mas’ul rahbarlari bilan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “S5+1” shaklidagi Ishchi guruh majlisi kun tartibi nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqa siyosatining ba’zi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSH Elchisi Pamela Leora Spratlen ishirok etdi.

Поделиться