O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YI Adliya vazirligiga 10 mln yevro miqdorida begʻaraz grant ajratdi

2018-11-23 | Siyosat

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 10 mln yevro miqdorida begʻaraz grant ajratdi.

Bu haqdagi bitim adliya vazirining birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev hamda Markaziy Osiyo va YI hamkorligini rivojlantirish departamenti direktori Pyer Amilxat tomonidan 21 noyabr kuni Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston—Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining 14-yigʻilishidagi ishtiroki davomida imzolandi.

Taʼkidlash oʻrinliki, mazkur bitim Adliya vazirligining yevropalik hamkorlar bilan muvaffaqiyatli muzokaralari natijasi boʻldi.

5 yilga moʻljallangan grant bitimi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlarni moliyalashtirishni koʻzda tutadi.

Xususan, loyihada Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boʻlinmalari va Davlat xizmatlari markazlarini texnik jihatdan jihozlash, jumladan, server, kompyuter, tarmoq, telekommunikatsiya uskunalari, elektron navbat tizimi va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish ham koʻzda tutilgan.

5 ta tajriba hududi (Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari)da davlat xizmatlari sifati va tezkorligini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, ularda Innovatsiya gʻoyalari va ishlanmalari markazlarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, grant doirasida ixtisoslashgan davlat xizmatlari veb-portali, mutasaddi organlar va davlat xizmatlari markazlari oʻrtasida axborot almashish, mobil ilovalar orqali onlayn tarzda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasi tashkil qilish koʻzda tutilmoqda.

Innovatsion texnologiyalarni joriy etish doirasida mazkur bitim blokcheyn-texnologiyalari, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari faoliyati samaradorligini rejalashtirish va baholashning zamonaviy usullarini joriy etishga qaratilgan.

Shuningdek, Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi xodimlarining xorijiy taʼlim muassasalarida malakasini oshirish boʻyicha ham hamkorlikda qator ishlar amalga oshiriladi.

Поделиться