O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Spiker Nurdinjon Ismoilov Qozogʻiston Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev bilan muloqot oʻtkazdi

2018-11-27 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi delegatsiyaning Qozogʻiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida 27-noyabr kuni Ostona shahrida Qozogʻiston Respublikasi parlamenti yuqori palatasida ham boʻlib, Senat raisi Kasim-Jomart Tokayev bilan muloqot oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yaqin qoʻshnilar, vaqt sinovidan oʻtgan hamkorlardir. Davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik yuqori ishonch va oʻzaro hurmat asosida rivojlanib bormoqda. Turli darajadagi aloqalarning faollashuvi mamlakatlarimizning koʻp qirrali munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini anglatadi.

Uchrashuv davomida taʼkidlanganidek, davlatlarimiz rahbarlarining oʻzaro birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston–Qozogʻiston munosabatlari keyingi yillarda yanada izchillik bilan rivojlanib bormoqda.

— Butun Markaziy Osiyodagi iqtisodiy rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlik mamlakatlarimizning faol hamkorligi hamda Qozogʻiston va Oʻzbekistonning jahon arenasidagi birgalikdagi saʼy-harakatiga bogʻliq,— deydi Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev.

Ikki mamlakat parlamentlarining hamkorligini yanada kuchaytirish mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi. Jumladan, alohida qayd etilganidek, mazkur jarayonda xalqaro tajribani oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash zarur.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov samimiy qabul uchun hamkasbiga minnatdorlik bildirib, soʻnggi paytlarda ikki mamlakatning oliy vakillik organlari oʻrtasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini taʼkidladi. Ayniqsa keyingi ikki yil ichida Oʻzbekiston parlamenti Qonunchilik palatasi deputatlari turli tadbirlarda ishtirok etish uchun bir necha bor Qozogʻiston Respublikasida boʻldilar. Oʻz navbatida, Qozogʻiston parlamenti aʼzolari ham bir necha bor Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu esa, parlamentlararo munosabatlarning yuqori bosqichga chiqayotganidan dalolatdir.

Konstruktiv va oʻzaro ishonch ruhida oʻtgan muloqot chogʻida mamlakatlarimiz qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Поделиться