O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chexiya Respublikasi parlamenti delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv

2018-11-27 | Siyosat

2018-yil 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Sarvar Otamuratovning Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi oʻrinbosari Filip Voytex boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mehmonlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ular berayotgan natijalar, bunda parlamentning, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyati, qonunchilik sohasidagi yangiliklar xususida soʻzlab berildi.

Oʻz navbatida, Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi oʻrinbosari Filip Voytex 2007-yildan faoliyat olib borayotgan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston bilan Chexiya parlamentlararo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan “Chexiya – Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari” doʻstlik guruhi faoliyatini yanada faollashtirish toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida oʻrnatilgan parlamentlararo aloqalarning bugungi holati muhokama markazida boʻldi. Xususan, ikki davlat parlamentlarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati yuzasidan tajriba almashish hamda bu borada kelgusida amalga oshirilishi muhim boʻlgan ishlar xususida kelishib olindi.

Muloqot chogʻida, shuningdek, Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasida savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar aylanmasini koʻpaytirish, eksport-import hajmini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Doʻstona va samimiy kechgan uchrashuvda Oʻzbekiston – Chexiya parlamentlararo munosabatlarini yanada faollashtirish, mavjud hamkorlik aloqalarini kengaytirishga doir takliflar muhokama qilindi.

Поделиться