O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari bilan uchrashuv

2018-11-26 | Siyosat

Bugungi kunda Oʻzbekiston xorijiy davlatlar bilan barcha sohada ochiq, doʻstona va faol tashqi siyosat yuritmoqda. Bunda parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

2018-yil 24-noyabr kuni parlamentimiz quyi palatasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Sarvar Otamuratov va Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi oʻrinbosari Marianna Shetkina oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuvda parlamentlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish borasidagi masala muhokama etildi.

Uchrashuv avvalida mehmonga keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar xususida soʻzlab berildi. Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi yaqin hamkorlik mamlakatlarimiz Prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, albatta, ikki davlatning parlamentlararo munosabatlari hamda izchil yoʻlga qoʻyilgan muloqoti muhim omil boʻlmoqda.

Uchrashuv chogʻida tomonlar parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, uning tuzilmalari hamda norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirilgan Marianna Shetkina Oʻzbekistonda parlamentarizm borasida oʻtgan vaqt mobaynida yaxshi tajriba toʻplanganini qayd etdi. Shu bilan birga, qonun ijodkorligi sohasidagi istiqbolli jihatlarni oʻrganish borasida oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish ikki tomon uchun ham foydali ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida tovar ayirboshlash, savdo-sotiqni rivojlantirish, investitsiya va turizmni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasidagi manfaatli hamkorlikni bugungi kun talablari hamda ikki mamlakat imkoniyatlari darajasiga olib chiqish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bunda joriy yil avgust oyida tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi bilan parlamentlararo guruhi rolini yanada kuchaytirish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Ochiq, samimiy va oʻzaro ishonch ruhida oʻtgan uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться