O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pan Gi Mun Qoraqalpogʻistonda

2018-11-27 | Siyosat

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun 26 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Pan Gi Mun rahbarligidagi Janubiy Koreya hukumati va ijtimoiy soha vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolarini qabul qilish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari O.Hamroyev mehmonni Qoraqalpogʻistonga tashrifi bilan qutlab, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasidagi turli sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganiga toʻxtalib oʻtdi.

Prezidentimiz rahnamoligida Orol fojiasining oqibatlarini bartaraf qilish, shu hududda istiqomat qilayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash borasida keng koʻlamli tadbirlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan davrida Pan Gi Munning ushbu muammolarni hal qilishdagi mehnatlarini xalqimiz yuksak baholashi aytib oʻtildi.

Oʻz navbatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. Orol fojiasidan jabr koʻrayotgan xalqqa amaliy yordam koʻrsatish, turli sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga barcha kuch-shijoatini safarbar qilishini maʼlum qildi.

Janubiy Koreya Respublikasi delegatsiyasining Qoraqalpogʻistonga safari davomida Nukus shahrida “Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash masalalari va ushbu jarayonda koreys diasporasining ahamiyati” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish rejalashtirilgan.

 

Yesimxon Qanoatov, OʻzA

Поделиться