O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi
2018-11-26 | Siyosat
2018-yilning 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.
Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Yevroittifoq tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, iqtisodiy, investitsion sohalardagi, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi, atrof-muhit, suv manbalari va xavfsizlik jabhalaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini batafsil muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari vakillari 2019-yil soʻngiga qadar Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi YIning qarorini qoʻllab-quvvatladilar hamda uning samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar berdilar.
Yalpi majlislar va boshqa shakldagi uchrashuvlar chogʻida mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan fikr almashildi.