O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Microsoft” kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv-sinfini ochdi

2017-04-28 | Texnologiyalar

Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri «Microsoft» korporatsiyasi 2017 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT)da maxsus o‘quv sinfini ochdi.

Zamonaviy IT-sinfi monoblok kompyuterlari bilan jihozlangan bo‘lib, barcha zarur jihozlar «Microsoft» korporatsiyasi tomonidan beg‘araz taqdim etilgan hamda litsenziyaga ega dasturiy ta’minotlar va yechimlar, shuningdek, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qo‘shimcha uskunalar bilan ta’minlangan.
 
Mazkur sinfning ochilishi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari «Microsoft»ning dasturiy mahsulotlari to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini mustahkamlashadi. Bunda IT-sinfdan davlat organlari, xususiy kompaniyalar, keng aholi vakillari ishtirokida turli xildagi mahorat maktablarini, treninglarni va seminarlarni o‘tkazishda foydalaniladi.
 
Tadbir doirasida Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlari vakillarining ishtirokida «Microsoft Education Day» seminari ham bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida «Microsoft» korporatsiyasi vakillari qatnashchilarga ta’lim muassasalari uchun «Microsoft»ning zamonaviy yechimlari to‘g‘risida ma’lumot berdilar.
 
Jumladan, “Microsoft”da maxsus “Innovatsion pedagoglar” hamjamiyati mavjud bo‘lib, u butun dunyodan minglab o‘qituvchilarni birlashtiradi. Har yili mazkur o‘qituvchilar orasidan o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonida texnologiyalardan qiziqarli va samarali foydalana oladiganlari “E2 Educators Exchange” konferensiyasida to‘liq kompaniya hisobidan ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.  
 
Seminar davomida qayd etilganidek, kompaniya o‘zining “Microsoft Imagine Academy” ta’lim resursini rivojlantirmoqda, uning yordamida ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar va dasturlash to‘g‘risida bilim olishlari mumkin bo‘ladi. Qayd etildiki, so‘nggi uch yil davomida “Microsoft” korporatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga mazkur dasturning ustunliklaridan foydalanish imkoniyatini bermoqda.

Поделиться