O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasining I chorakdagi faoliyati sarhisob qilindi

2017-04-27 | Texnologiyalar

Joriy yilning 26 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yilning I choragidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Hududiy rahbarlarning majlisda ishtiroki videokonferensiya orqali ta’minlandi. Shuningdek, yig’ilishda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Hay’at yig‘ilishida mamlakatdagi AKT sohasi rivojlanishi va hozirgi holati har taraflama va tanqidiy tahlil ruhida o‘tdi.

Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2017 yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1,61 trillion so‘mni (2016 yilning shu davriga solishtirganda o‘sish 12,5%) tashkil etdi.

Shu bilan birga, korxonalar oldiga mavjud zahiralarni to’liq ishga solish hamda xizmatlar ko’rsatish ko’lamini kengaytirish, daromadni oshirish yuzasidan sohadagi har bir muassasa rahbari oldiga vazifa qo’yildi.

2017 yilning yanvar-mart oylarida soha korxonalarining eksport ulushi 2016 yilning shu davriga nisbata o’sish hajmi 3.3 %ga, ya’ni $28,92 mln.ga oshgan. Tizimdagi muassasa rahbarlariga xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar imzolash evaziga eksport hajmini oshirish bo’yicha vazifalar berildi.

Hay’at majlisi ishtirokchilari Respublikadagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi, jumladan markazdan olis, qishloq hududlarida bu boradagi natijalar holatini ham muhokama qilib, bu yo’nalishdagi ishlar tanqid ostiga olindi va “O’zbektelekom” AK rahbariyatiga aholini keng polosali internet bilan qamrab olish yuzasidan reja va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Qayd etilganidek, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha 5 ta ustuvor yo’nalishlarga oid Harakatlar strategiyasida ko’zda tutilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini rivojlantirish, jumladan O’zbekistonning barcha hududlarida Xalq qabulxonalari faoliyatining yo’lga qo’yilishi, dalat rahbarining Virtual qabulxonasi hayotga olijanob bir g’oyaning tatbiq etilishiga zamin yaratdi: “Inson manfaatlari – barcha narsadan muhim”.

Tizimda yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida diqqat qaratildi. 2017 yilning I choragida vazirlikka 3408 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2624 ta, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining virtual qabulxonasi orqali 531 ta, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 106 ta, shuningdek yozma shaklda 147 ta murojaat kelib tushgan. 2016 yilning IV choragiga nisbatan murojaatlar miqdori 11 foizga kamaygan.

Vazirlik murojaatchilar ishonchini oshirish hamda ular bilan bevosita ishlash bo’yicha muntazam chora-tadbirlar olib boradi. Natijada, vazirlik virtual qabulxonasi orqali qabul qilingan murojaatlar miqdori 67 foizga oshib, Prezident virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar 5 foizga kamaygan. Shuningdek, og’zaki va yozma murojaatlar ham 23 foizga qisqargan. Bu – Vazirlik virtual qabulxonasi orqali aholi bilan yaqindan ishlash o’z samarasini berayotganini anglatadi.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, murojaatlarning 37 foizi pochta xizmatlari, 12,5 foizi aloqa tarmoqlari, 11 foizi internet xizmatlari, 8 foizi mobil aloqa xizmatlari to'g'risida. Shuningdek, 3 foizi sohadagi muassasa va korxona rahbarlari ustidan shikoyatlar.

Aholi murojaatlarini hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak, ularning aksariyati Toshkent shahri (31%), Toshkent viloyati (13 foiz), Farg'ona viloyati (9%) aholisidan kelib tushgan. Yig'ilishda aholi murojaatlari bilan ishlashda yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklarga oydinlik kiritildi.

Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisidan qilingan murojaatlar soni 106% ga, Andijon – 73%, Qashqadaryo va Naviy – по 32%, Namangan – 3%, Surxondaryo – 18%, Sirdaryo – 60% hamda Farg’ona – 28% ga oshgan. Bu masalada hududiy boshqarmalarning faoliyati tanqidiy baholandi.

Vazirlik tizimidagi muassasalar, operator va provayderlarga veb-sayt hamda telefon aloqasi orqali aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni mustahkamlash yuzasidan topshiriq berildi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasiga sifatli simli va mobil aloqa, internet xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha tizimli nazorat o’rnatish vazifasi yuklatildi.

Respublika hududlari bo’ylab mobil aloqa tarmoqlarining rivojlanish holati muhokama qilinib, bir nechta aholi punktlari va qishloqlarning mobil aloqa tarmoqlari bilan qamrab olinmagani, shu munosabat bilan, mazkur hudularda mobil aloqa baza stansiyalarini ishga tushirish bo’yicha tezkor choralar ko’rish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Aholiga keng polosali internet xizmatlaridan foydalanish holati tanqid ostiga olindi. Bugungi kunda O’zbekistondagi jami keng polosali xizmat ko’rsatuvchi portlar soni 860 mingtani tashkil qiladi. 2016 yilning I choragiga nisbatan o’sish 14,4%. Shuningdek, foydalanilayotgan portlar soni 525,9 mingtani, o’sish esa 10,1% ni tashkil qiladi. Hisobot davrida portlardan foydalanish O’zbekistonning qator hududlarida kamaygan. Shu sababli, bu borada ko’rsatkichlarimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan solishtirib ko’rganda – juda past.

"O‘zbektelekom" AK rahbariyatiga keng polosali internet tarmoqlarini kengaytirish, xususan optik tolali aloqa liniyalarini abonentlargacha yetkazishga oid reja ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Yig’ilishda O’zbekistonda raqamli televideniyeni joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, bugunda aholining 95 foiz qismi raqamli kanallarni ko’rish imkoniga egaligi qayd etildi. Shu bilan birga, mas’ullarga manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining analog televideniye signallarini bosqichma-bosqich o’chirish bo’yicha qaror loyihasini tayyorlashni tezlashtirish vazifasi topshirildi.

 

 

 

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan aholi hamda tadbirkorlik subyektlar ehtiyojidan kelib chiqib interaktiv xizmatlarning joriy qilinishi yetarli darajada tashkil etilmayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan, yig'ilishda markaz faoliyati har tomonlama va tanqidiy baholanib, "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.Habibullayevga nisbatan intizomiy chora qo’llanildi. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqinini ishga tushirishni tezlashtirish, interaktiv xizmatlarni joriy qilish barobarida songa emas, ularga bo'lgan talab hamda sifatga alohida e'tibor qaratish vazifalari yuklatildi.

Qayd etilganidek, davlat organlari tomonidan yangi elektron xizmatlarning ishlab chiqilishi va joriy qilinishi yetarli darada emas. Shu munosabat bilan, UZINFOCOM Markaziga yangi onlayn xizmatlarni ishlab chiqish yuzasidan qat’iy nazoratni yuritish vazifasi yuklandi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga elektron hukumat tizimini joriy qilishning yangi modullarini tatbiq etish bo’yicha ishlarni amalga oshirishni jadallashtirishi zarurligiga urg’u qaratildi.

Ta’lim muassasalarini ZiyoNET tarmog’idan foydalanishi qoniqarsiz deb topilib, garchi maktab, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalarining ulanganlik holati yaxshi bo’lsa-da, yoshlarning tarmoqdan foydalanish ko’rsatkichlari pastligicha qolayotgani aytildi. Shu munosabat bilan, UZINFOCOM Markazi direktori H.Isayevga yo'l qo'yilgan kamchiliklar ko'rsatib o'tildi, yoshlar tomonidan ZiyoNET tarmog'ining ta'limiy resurslaridan foydalanish ko'lamini oshirish bo'yicha ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish vazifasi berildi.

Hay’at yig’ilishi ishtirokchilari dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarish sohasining rivojlanishiga alohida diqqat qilishdi. Ayni kunda O’zbekistonda 678 ta dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ro’yxatga olingan. 2017 yilning I choragida ular tomonidan 25,5 mlrd so’mlik xizmatlar ko’rsatilib, $131 ming dollarlik mahsulot tashqi bozorga sotilgan. Bu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi farmoni loyihasini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuvga tayyorlashni tezlashtirish lozimligi ta’kidlandi.

“O’zbekiston pochtasi” AJ va “Matbuot tarqatuvchi” AKning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash masalalari atroflicha o’rganildi. Jumladan, mazkur muassasalarning o’z faoliyatlarini tubdan takomillashtirishni, yangi xizmatlar joriy qilish va yaxshilashni ko’rib chiqishlari kerak. “O’zbekiston pochtasi” AJ faoliyatining sustligi qayd etilib, jamiyat rahbariyatiga xalqaro tajriba asosida faoliyatini tashkil qilishi bo’yicha topshiriqlarning bajarilmayotgani aytildi. Shu munosabat bilan, jamiyat rahbariyatiga O'zbekiston Respublikasining "Elekton hukumat to'g'risida"gi qonuni asosida yangi pochta xizmatlarini joriy qilishni jadallashtirish vazifasi yuklatildi.

"O'zbekiston pochtasi" AJ faoliyatida fuqarolar bilan ishlash tahlillari muayyan hudularda pochta xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shikoyatlarning sezilarli darajada o'sganini ko'rsatmoqda. Shuni inobatga olib, jamiyat rahbariyatiga jamiyatning Qoraqalpog'iston Respublikasi, Surxondaryo, Andijon, Farg'ona, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlaridagi bo'linmalarining faoliyatini tanqidiy o'rganib, natijalari bo'yicha bo'linmalarning boshliqlariga nisbatan shaxsiy javobgarlik choralarini ko'rish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, Hay’at yig’ilishida soha uchun kadrlar tayyorlash, kadrlar zahirasini yaratish masalalari ham ko’rib chiqilib, tegishli bo’linmalarga rahbar lavozimlarga kadrlar zahirasini tayyorlash vazifasi berildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga bo’lajak qabul jarayonlarini ochiq va oshkora tashkil etish, ta’lim jarayonini yaxshilash hamda professor-o’qituvchilar tarkibini yaxshilash, shuningdek ilmiy tadqiqot faoliyatini takomillashtirish choralarini ko’rish topshirig’I yuklatildi.

Sohada faoliyat ko'rsatayotgan har bir rahbar diqqati mamlakat rahbarining 2017 yil 11 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha qarori talablarini so'zsiz ta'minlash zarurligiga qaratildi.

Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Qarorda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada rivojlanitirishga qaratilgan chora-tadbirlar aniqlab olindi.

Поделиться