O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalarni onlayn tekshirish xizmati ishga tushdi
2017-05-12 | Texnologiyalar
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun to‘lanadigan jarimalarni onlayn tekshirish xizmati rasman ishga tushdi. Xizmat barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, mutloq BEPUL asosda ko‘rsatiladi. Jarima bor-yo‘qligi yoki uning miqdorini aniqlanishi uchun uch-to‘rt marta kerakli tugma* bosiladi. Bunda, avtoulov egasi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi talab etiladi.
Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (www.mvd.uz) hamdaO‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (www.mitc.uz)ning qo‘llab-quvvatlashi asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining test rejimidagi yangi talqinida** UZINFOCOM (www.uzinfocom.uz) va “Elektron hukumat” markazlari (www.egovernment.uz) tomonidan http://my2.gov.uz manzilida ishga tushirilmoqda.
Yagona portaldan avtorizatsiyadan o‘tish uchun elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimidan (id.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tish shart.
Izoh:
*avtoulovning davlat raqami, TV guvohnomasig raqami va seriyasi, shuningdek sug‘urta polisining raqami.
**ayni paytda YaIDXP 2.0 ning rus tilidagi talqini faoliyat olib bormoqda.
Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) bo‘yicha ma’lumot olish telefon raqami:
+998 (71) 252-42-58
Noto‘g‘ri jarima belgilanganligi holatida ma’lumot olish uchun telefon raqami:
+998 (71) 254-22-16