O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Texnologiyalar
Vazirlik delegatsiyasining Minskdagi uchrashuvlari xususida 24.04.2017Texnologiyalar2017 yilning 17-19 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi aloqa ma’murlari rahbarlari kengashining yig‘ilishi doirasida Belarusiya Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib, Belarusiya Respublikasining Aloqa va axborotlashtirish vaziri Sergey Popkov, Rossiya Federatsiyasining Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov, Qozog‘iston Respublikasi Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev hamda Qirg‘iziston Respublikasi Axborot texnologiyalari va aloqa bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari Eshmambet Amatovlar bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid uchrashuvlarda ishtirok etdi. |
21.04.2017Iqtisodiyot Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu, ayniqsa, jamiyatning ishbilarmonlik kayfiyatini belgilab beruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining jadal taraqqiy etishida muhim omil hisoblanadi. |
IUT professori Xalqaro Fanlar akademiyasining e’tirofiga loyiq topildi 21.04.2017TexnologiyalarToshkent shahridagi Inha universitetining fizika fani o‘qituvchisi Husniddin Olimov Xalqaro Fanlar akademiyasi (The World Academy of Science, TWAS)ning rivojlanayotgan mamlakatlardagi 45 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlari uchun mukofotini qo‘lga kiritdi. |
20.04.2017Texnologiyalar 18 aprel kunlari Belarusiya Respublikasining Minsk shahrida Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi aloqa ma’murlari rahbarlari kengashining 52-majlisi hamda MDH davlatlarida axborotlashtirishni muvofiqlashtiruvchi Kengashning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. |
Uzmobile: yangi xizmat turlari ko‘paymoqda 20.04.2017TexnologiyalarO‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Media-xoll» majmuasida Uzmobile milliy operatori faoliyati va kelgusi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. |
Jurnalistlar UZMOBILE Milliy operatori faoliyati bilan tanishdilar 19.04.2017Texnologiyalar2017 yilning 18 aprel kuni Toshkent shahrida UZMOBILE Milliy operatori GSM tarmog‘ining ishga tushirilganiga 2 yil to‘lishi munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi. |
Yangi texnologiyalar sabzavotchilikka 19.04.2017JamiyatAndijonda sabzavotchilikni rivojlantirish, sohaga yangi texnologiyalarni joriy etish, tomorqadan unumli foydalanish, sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport hajmini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. |
DVB-T2 standartini qo‘llab-quvvatlaydigan televizorlar xarid qilishni tavsiya qilamiz 14.04.2017TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiBugun O‘zbekistonda raqamli televideniyening DVB-T2 standarti keng joriy qilinmoqda. Endi analog teleuzatish standarti o‘tmishda qoldi. Shu sababli, televizor xarid qilish istagidagi foydalanuvchilar xarid chog‘ida televizorda DVB-T2 standartini qo‘llab-quvvatlash funksiyasining mavjudligiga albatta e’tibor qilishlari kerak. Quyida xarid davomida televizorning mazkur jihatiga e’tibor qilish va uning zarurati xususida ma’lum qilamiz. |
“O'zbektelekom” AK xavfsiz va foydali kontentga ega «ZiyoNET» tarif rejalarini taqdim qildi 30.03.2017Texnologiyalar |
Bojxonada interaktiv xizmatlar – tadbirkorlar uchun tayanch 29.03.2017TexnologiyalarDavlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning I yarim yilligi uchun “Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarining yagona rejasi”ga muvofiq ommaviy axborot vositalari uchun “Bojxonada interaktiv xizmatlar – tadbirkorlar uchun tayanch” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. |
AKT sohasi mutaxassislari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi 25.03.2017IqtisodiyotMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan mehnat yarmarkasiga AKT sohasi mutaxassislari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlarini bitiruvchi yoshlar taklif etildi. |
24.03.2017Texnologiyalar Jismoniy shaxslarni soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish davlat soliq inspeksiyalari tomonidan bepul amalga oshiriladi. |
20.03.2017Texnologiyalar «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Uzmobile milliy operatori abonentlariga internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali (gov.uz), shuningdek, davlat organlarining saytlaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. |
Uzmobile davlat saytlaridan bepul trafikda foydalanishni joriy qildi 18.03.2017Texnologiyalar“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida Uzmobile Milliy operatori Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Uzmobile abonentlariga internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali (gov.uz), shuningdek davlat organlarining saytlaridan bepul ulanish imkoniyatini yaratdi. |
Davlat kadastrining geoaxborot bazasi yaratilmoqda 15.03.2017TexnologiyalarMilliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda davlat kadastrlari yagona tizimi yaratilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. |
Zamonaviy texnologiyalar – inson ko‘makchisi 03.03.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha fan va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari namoyish etildi. |
Dasturlash bo‘yicha talabalar olimpiadasi 01.03.2017Texnologiyalar25-26 fevral kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturlash bo‘yicha TATU universiteti va uning hududiy bo‘linmalari, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o‘rtasidagi olimpiadaning final bosqichi o‘tkazildi. |
Huquq-tartibotda zamonaviy texnologiyalar 01.03.2017TexnologiyalarPoytaxtimizda huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini yanada oshirishda zamonaviy texnologiyalar roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida zamonaviy elektron tizimlar va ma’lumotlar bazasining imkoniyatlari va ulardan foydalanish tajribasi taqdim etildi. |
Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Edgars Bondars bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 23.02.2017Texnologiyalar2017 yilning 22 fevralida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Edgars Bondars bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
|